Qozog‘istonlik bolalar himoyachilari bolalar ustidan zo‘ravonlik o‘tkazish degan tushuncha nima ekanligi va uning turlarini qonunan belgilab qo‘yishmoqchi, deb xabar qilmoqda Sof.uz sayti.
Qozog‘iston fuqarolari "yumshoq joy"ga tushiriladigan tarsakini bolaga nisbatan zo‘ravonlikka tenglashtirishni va ushbu normani muntazam ravishda buzadigan ota-onani jinoiy javobgarlikka tortish taklifi bilan chiqishmoqda, deb xabar qilgan nashr.
"Biz qonunga qator takliflarni kiritamiz. Bu ishni imkon qadar tez bajarish kerak… Umuman olganda, bu juda o‘rinli masala, bu bolalar tarbiyasi, jamoatchilik tarbiyasi masalasi. Jamoatchilik orasida zo‘ravonlarga o‘rin qolmasligi uchun eng avvalo "zo‘ravonlik" tushunchasini anglab etmoq kerak. Dunyodagi 51ta mamlakat qonunlarida bolaga nisbatan zo‘ravonlik ta’qiqlangan. Biz ham ular tajribasiga tayangan holda bu borada qonunlarni qabul qilishimiz kerak. Bolani shappatilash, unga ovoz ohangini ko‘tarib gapirish — bola ustidan zo‘ravonlik o‘tkazish hisoblanadi. Bolaga "seni boqib katta qilyapman" deya ta’ma qilish, "sen majbursan" deya gapirish, unga tarsaki tushirish va baqirish — bola g‘ururi yo‘q bo‘lishiga olib keladi", — deya o‘z fikrlarini bildirgan bu borada Qozog‘iston Respublikasi bola huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Zagipa Balieva.
"Ota-onalar, shapaloq tortishni man etish qonunan cheklanmagan bo‘lsa, demak, bolani urish mumkin, deb o‘ylashadi. To‘g‘ri, biz qabul qilmoqchi bo‘lgan qonun avvaliga juda ko‘pchilikka g‘alati tuyulishi mumkin, ammo ma’lum vaqtdan so‘ng jamoatchilik albatta bunga ko‘nikadi", — deya qo‘shimcha qildi Balieva.
Ombudsmenning so‘zlariga qaraganda, shu kechayu-kunduzda bolalarga shapaloq tushiradigan ota-onalarga nisbatan qanday jazo chorasini qo‘llash masalasi muhokama qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi