07:24 / 23.11.2016
6 237

Tramp ikki muddatga prezident bo‘lib qolmoqchi

Tramp ikki muddatga prezident bo‘lib qolmoqchi

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp o‘zining bo‘lg‘usi ma’muriyatini ikki muddatga prezident bo‘lib qolish hisobidan shakllantirmoqda. Bundan uning tvitterdagi sahifasida paydo bo‘lgan xabar guvohlik bermoqda.

"Bugun Trump Tower’da keyingi 8 yil davomida hukumatni boshqaradigan insonlardan jamoamni shakllantirish bilan bog‘liq muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi", deb yozgan Tramp.

Keyingi kunlarda Tramp o‘zining bosh qarorgohiga Kongress, hukumat va qurolli kuchlarning amaldagi va sobiq vakillarini munosib jamoa shakllantirish maqsadida ichki va tashqi siyosat masalalarini muhokama qilish uchun faol taklif qilmoqda.

Ayni vaqtda Tramp bir qator muhim lavozimlarga kimlarni qo‘yishni hal qilib qo‘ydi. Tramp AQSh mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasining sobiq rahbari, iste’fodagi general-leytenant Maykl Flinni milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi sifatida, adliya vaziri sifatida Alabama shtatidan senator Jeff Seshnsni, Oq uy xodimlar ma’muriyati rahbari sifatida Rayns Pribesni, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori sifatida Kanzas shtatidan kongressmen Mayk Pompeoni tanladi.

Trampning bosh maslahatchisi va bosh siyosiy strategi uning saylovoldi shtabiga rahbarlik qilgan Stiv Bennon bo‘ladi.

AQShda prezident 4 yillik muddatga saylanadi va bu lavozimni ketma-ket yoki tanaffus bilan ikki martadan ko‘proq marta egallay olmaydi.

Trampning inaugurasiyasi 2017 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp ikki muddatga prezident bo‘lib qolmoqchi