07:15 / 24.11.2016
8 784

Trampning g‘alabasi dunyoning eng boy odamlaridan biriga yana 11 mlrd dollar boylik keltirdi

Trampning g‘alabasi dunyoning eng boy odamlaridan biriga yana 11 mlrd dollar boylik keltirdi

Berkshire Hathaway xolding kompaniyasi egasi, dunyoning eng boy odamlaridan biri Uorren Baffettning boyligi AQSh prezidentligi saylovlarida Donald Tramp g‘olib bo‘lgandan keyin 11 mlrd dollarga ko‘paydi, deb xabar bermoqda Kun nashri.

Bu birinchi navbatda moliyaviy aktivlar aksiyalari narxining oshishi hisobiga yuz bergan. AQSh banklari aksiyalari narxi oshmoqda, chunki bozor Federal zaxira tizimining tayanch foiz stavkasini oshirishga va’dasi bilan umidlantirilgan. KBW
Nasdaq bank indeksiga ko‘ra, Tramp g‘alabasidan keyin AQSh banklari aksiyalari 13,5 foizga oshgan.

9 noyabrdan Berkshire Hathaway portfeliga kiruvchi moliyaviy kompaniyalar aktivlari Baffetga 4,3 mlrd dollar keltirgan. Milliarderning o‘z ixtiyorida bo‘lgan aksiyalar unga yana 3,8 mlrd dollar keltirgan.

Bundan tashqari, Baffet tomonidan 2011 yilda sotib olingan varrantlar unga Bank of America bankining 700 mln ta aksiyasini 7,14 dollardan sotib olish huquqini beradi. Bu bank aksiyalari 15 foizga oshgan, buning natijasida esa Baffet yana 3 mlrd dollar foyda ko‘rgan.

Tramp g‘alabasidan keyin eng badavlat odamlar ro‘yxatida 4-pog‘onaga tushib ketgan Baffet Zara asoschisi Amansio Ortega va Amazon.com asoschisi Jeff Bezosdan o‘tib ketib, yana 2-o‘ringa ko‘tarilib olgan. Baffetning o‘zi prezidentlik poygasi davomida Xillari Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning g‘alabasi dunyoning eng boy odamlaridan biriga yana 11 mlrd dollar boylik keltirdi