21:51 / 26.11.2016
7 882

Fidel Kastro vafot etdi

Fidel Kastro vafot etdi

Kuba inqilobi etakchisi Fidel Kastro 90 yoshida vafot etdi. Uning vafoti to‘g‘risida Kuba televideniesi rasmiy xabar berdi.

1926 yil 13 avgustda tug‘ilgan Fidel Kastro — Kuba inqilobchisi, davlat va siyosat arbobi. 1976 yil dekabridan bir necha o‘n yillik mobaynida Kuba Davlat kengashi va Vazirlar kengashiga raislik qildi, Inqilobiy qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni va mamlakat Milliy mudofaa kengashi raisi ham edi.

Salomatligi og‘irlashgani munosabati bilan 2006 yilning 31 iyulidan Fidel Kastro Davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisligi lavozimlarini ukasi Raul Kastroga topshirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fidel Kastro vafot etdi