21:55 / 29.11.2016
8 467

Ramzan Qodirovning voyaga etmagan o‘g‘illari murabbiylariga Porsche Panamera sovg‘a qilishdi

Ramzan Qodirovning voyaga etmagan o‘g‘illari murabbiylariga Porsche Panamera sovg‘a qilishdi

Chechenistonlik yakkakurash sport turi ustasi Abdulkarim Odilov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘illariga murabbiylik qilib keladi. Yaqinda murabbiy o‘zining Instagram’dagi sahifasiga surat joylab, Ramzan Qodirovning voyaga etmagan o‘g‘illari unga Porsche Panamera rusumidagi avtomobilni sovg‘a qilishganini ma’lum qildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

“Bu hayotda menga barcha narsani, eng asosiysi, Ahmad, Ali va Adam singari ukalarni hadya etgani uchun Yaratganga shukur. Biz birgalikda ko‘p vaqtni o‘tkazamiz. Mening ularga bo‘lgan mehrimni ifodalash qiyin. Kecha, mening tug‘ilgan kunimda, hatto, tasavvur ham qila olmaydigan katta hadya sovg‘a qilishdi. Porsche Panamera kabi katta sovg‘a olish uchun ko‘p xizmat qilmadim. Aslida men uchun hayotimda Ahmad, Ali va Adamning borligi katta sovg‘a”, deya izoh qoldirgan murabbiy Ramzan Qodirov nomiga ham minnatdorchilik bildirgan.

Adam 9, Zelimxon 10, Ahmad 11 yoshda. Ular Abdulkarim Odilovdan kurash bo‘yicha ta’lim olishadi. Murabbiyga sovg‘a qilingan avtomobil bahosi 150 ming dollarni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirovning voyaga etmagan o‘g‘illari murabbiylariga Porsche Panamera sovg‘a qilishdi