6 641
Pekin Tayvanning istalgan shakldagi mustaqilligiga qarshi kurashishga qodirligini ma’lum qildi
Xitoy AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp Tayvan prezidenti Say Inven bilan suhbatlashgani sababli AQShga keskin norozilik bildirdi. Bu haqda Xitoy davlat kengashining Tayvan ishlari bo‘yicha devonxonasi vakili An Fenshan ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Pekin kelgusida ham "yagona Xitoy" tamoyiliga amal qiladi.
"Biz Tayvanning istalgan shakldagi mustaqilligiga qarshi milliy birlashish jarayonini ilgari surish orqali kurasha olishimizga ishonamiz va qodirmiz", deb aytgan Fenshan.
Fenshanning aytishicha, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Trampning Tayvan rahbari suhbatini Tayvanning "kichkina nayrangi" deb atagan.
Avvalroq Tayvan Xitoyni Tramp va Inven suhbatiga "osoyishta" munosabat bildirishga chaqirgandi.
Tramp va Inven o‘rtasidagi suhbat 3 dekabrda bo‘lib o‘tdi va 1979 yilda AQSh va Tayvan o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar uzilganidan keyingi birinchi muloqot bo‘ldi.
Bundan tashqari, Pekin barcha tomonlarni Xitoyning yagonaligi tamoyilini qo‘llab-quvvatlashga va Xitoy-AQSh aloqalariga putur etmasligi uchun Tayvan masalasiga ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirishga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi