09:46 / 04.12.2016
6 418

Kubada Fidel Kastro nomini abadiylashtirish taqiqlandi

Kubada Fidel Kastro nomini abadiylashtirish taqiqlandi

Kuba inqilobi etakchisi Fidel Kastro mamlakatdagi ko‘chalar va maydonlarga o‘z nomini qo‘ymaslik, shuningdek o‘ziga yodgorliklar o‘rnatmaslikni vasiyat qilgan. Bu haqda Kun nashri xabar berdi.

Kuba davlat kengashi raisi hamda Kuba vazirlar kengashi rahbari hisoblanadigan Raul Kastro ma’lum qildiki, uning hukumati bu vasiyatni o‘rinlatib bajaradi.

Xabar qilinishicha, u Fidel Kastro bilan vidolashish uchun Santyago-de-Kubada boshlangan marosim vaqtida hukumat ko‘chalar, davlat muassasalari, xiyobonlar va boshqa jamoat joylariga Kuba inqilobi yo‘lboshchisi nomi qo‘yilishini taqiqlaydi.

Bu choralar shaxsga sig‘inish kelib chiqishi oldini olish maqsadida ko‘riladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kubada Fidel Kastro nomini abadiylashtirish taqiqlandi