11:51 / 07.12.2016
6 644

Obama AQSh “Tolibon”ni yo‘q qila olmasligiga iqror bo‘ldi

Obama AQSh “Tolibon”ni yo‘q qila olmasligiga iqror bo‘ldi

AQSh “Tolibon” harakatini yo‘q qilish holatida emas, Afg‘onistondagi xavfsizlik kuchlariga bu mamlakatda tinchlik o‘rnatishga yordam bera olmaydi. Bu haqda 6 dekabr kuni AQSh prezidenti Barak Obama aytib o‘tdi.

"Afg‘onistondagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda, u erdagi urush 30 yildan beri davom etmoqda. AQSh urushni tugatish uchun “Tolibon”ni yo‘q qila olmaydi. Ammo biz “Al-Qoida” u erda jangarilarga boshpana berishiga to‘sqinlik qilishimiz va bu borada afg‘on xavfsizlik kuchlariga yordam berishimiz mumkin", — dedi Obama Floridada terrorizmga qarshi kurash haqida nutq so‘zlar ekan. Prezidentning chiqishini Oq uy sayti translisiya qilib turibdi.

Obamaning tasdiqlashicha, ayni damda Afg‘onistonda “10 mingga yaqin amerikalik harbiy xizmatchi” bor. Prezidentning ma’lum qilishicha, ular afg‘on xavfsizlik kuchlariga tayanch bo‘lmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Obama AQSh “Tolibon”ni yo‘q qila olmasligiga iqror bo‘ldi