Amerika harbiy dengiz kuchlarining Guantanamoda (Kuba) joylashgan qomoqxonasi AQSh faoliyatidagi dog‘ hisoblanadi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat harbiy havo kuchlarining Florida shtatida joylashgan Makdil bazasidagi chiqishida aytib o‘tgan.
Obamaning tan olishicha, “Guantanamoni yopishning allaqachon vaqti bo‘lgan”. Ammo bu ish hamon bajarilmagan. Obama bularning barchasiga AQSh Kongressini to‘la aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “AQSh Kubada 60ga yaqin mahbusni ushlab turish uchun millionlab dollar pulni havoga sovurmoqda”.
"Agar Kongress o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasa, tarix unga o‘zining ayanchli bahosini qo‘yadi", - dedi Obama. Amerikalik etakchi “millatga dog‘ bo‘lib turgan bu holatni yo‘q etish uchun” barcha imkoniyatlardan foydalanishini va’da qilgan.
Ma’lumot uchun: Guantanamo qamoqxonasi 2002 yilda AQSh prezidentlaridan biri kichik Jorj Bush tomonidan tashkil etilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi