13:31 / 08.12.2016
6 645

Italiya bosh vaziri iste’foga chiqdi

Italiya bosh vaziri iste’foga chiqdi

Italiya bosh vaziri Matteo Renzi chorshanba kuni iste’fo haqidagi arizasini mamalakat prezidentiga taqdim qilidi. Bu haqda Reuters'ga asoslanib Sof.uz xabar bermoqda.

Evropa Ittifoqi davlatlarida siyosiy inqiroz davom etadigan bo‘ldi. Italiyada hukumat rahbarining o‘zgarishi Britaniyaning ittifoqdan chiqishi va Donald Trampning AQSh prezidenti etib saylanishidan kam bo‘lmagan darajadagi yil voqeasi sifatida e’tirof etilmoqda.

O‘tgan hafta oxirida Italiyada Evropa Ittifoqidan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazilgan edi. Referendumda Matteo Renzi mag‘lubiyatga uchragan hamda dushanba kuni iste’fo berish haqida e’lon qilgan edi. Siyosiy inqiroz sur’atini pasaytirishga urinayotgan mamlakat prezidenti Serjio Mattarella bosh vazirdan iste’foni kechiktirib turishini so‘ragan.

41 yoshli Renzi bosh vazir lavozimida 3 yildan kamroq ishladi. Iqtisodiy inqirozdan qutula olmayotgan mamlakatning konstitustiyasiga o‘zgartirish kiritish va parlamentni isloh qilish haqida Renzining takliflari Italiya aholisi tomonidan ma’qullanmadi.

Bosh vazirning arizasini qabul qilib olgan mamlakat prezidenti siyosiy partiyalar bilan maslahatlashib olishi kerakligini e’lon qilgan. Maslahatlashuvlar payshanba kuni Toshkent vaqti bilan kechki soat6 22:00da boshlanib, shanba kuni oqshomgacha yakuniga etishi kutilmoqda. Prezident bosh vazirdan so‘nggi qaror qabul qilinguncha o‘z vazifasini bajarib turishini iltimos qilgan.

Italiya parlamentiga saylovlar 2018 yilda bo‘lib o‘tishi lozim. Ammo muxolif partiyalar saylovni ancha oldinroq – 2017 yilning fevralida o‘tkazilishini talab qilyapti. Prezident Serjio Mattarelli yangi saylov qonuni qabul qilinmasdan turib har qanday saylovlar o‘tkazilishiga qarshi ekanligini bildirgan.

Mamlakatning yangi bosh vaziri parlamentda eng ko‘p o‘ringa ega bo‘lgan, Renzi boshchilik qilayotgan Demokratik partiyadan bo‘ladi. Yangi hukumat tarkibiga muxolif partiyalardan vakillar ham kiritilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiya bosh vaziri iste’foga chiqdi