Rio-de-Janeyro shahriga adashib kirib qolgan italiyalik sayyoh otib tashlandi

  • 09 dekabr 2016, 13:16
  • 5 077
  • Dunyo
  • Rio-de-Janeyro shahriga adashib kirib qolgan italiyalik sayyoh otib tashlandi

    Janubiy Amerika bo‘ylab sayohat qilib yurgan italiyalik turist Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri favelalariga adashib kirib qolishi natijasida otib tashlandi, deb xabar qildi "Kun.uz" nashri Reyter agentligining xabariga tayanib.

    Polisiya o‘ldirilgan insonning shaxsini aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, 52 yoshli Roberto Bardella do‘sti (u ham italiyalik) bilan motosikllarda GPS bo‘yicha harakat qilishgan. Biroq uskuna erkaklarni Rioning eng qashshoq va jinoyatchilar bilan to‘la mavzelariga boshlab bordi.

    U erda esa bir guruh qurollangan shaxslar turistlarga qarata o‘q uzishgan va ularni motosikllardan tushishga majburlashdi. Bardella jarohatlar oqibatida halok bo‘lgan bo‘lsa, do‘sti qo‘yib yuborilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Rio-de-Janeyroda iqtisodiy tanazzul, ishsizlikning o‘sishi, byudjet etishmovchiligi sabab giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va boshqa uyushgan jinoiy guruh a’zolari tomonidan shaharning ba’zi bir tumanlari to‘laligacha egallab olingan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rio-de-Janeyro shahriga adashib kirib qolgan italiyalik sayyoh otib tashlandi