22:15 / 11.12.2016
7 603

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev O‘zbekistonga kelishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev O‘zbekistonga kelishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev hozircha O‘zbekistonga tashrif rejalashtirmagan. «Interfaks»ga tayanib Kun.uz yozishicha, u O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon muloqoti vaqtida O‘zbekistonga tashrifni amalga oshirish imkoniyatlari xususida so‘zlashgan, ammo uning rejasida bunday safar hozircha yo‘q.

«Men O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlayman. Biz u bilan telefon orqali muloqot qildik va tashrif haqida gaplashdik. Ammo hozircha O‘zbekistonga borishni rejalashtirmaganman. Bu yil men Hindiston va Rossiyaga boraman. Kelasi yilning yanvarida Xitoyga tashrif rejalashtirilgan», — degan Atambaev jurnalistlarga.

Atambaevning aytishicha, O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamda hududdagi barcha mamlakatlar orasida do‘stona qo‘shnichilik munosabatlarini saqlab qolish o‘ta muhimdir.

Bundan bir necha kun oldin, ba’zi manbalarda Atambaev O‘zbekistonga tashrif rejalashtirayotgani, safari davomida Samarqandga borib, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishi haqida xabar tarqalgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev O‘zbekistonga kelishi haqidagi xabarlarga izoh berdi