22:17 / 11.12.2016
5 913

Xitoy poytaxtida havoning kuchli ifloslangani tufayli ko‘chalarga chiqmaslik tavsiya etildi

Xitoy poytaxtida havoning kuchli ifloslangani tufayli ko‘chalarga chiqmaslik tavsiya etildi

Xitoy poytaxtida ikki kun davomida havoning sezilarli darajada ifloslanishi oqibatida yuqori ekologik xavf saqlanib qoladi. Bu haqda Pekin ekologiya markazi ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo».

Tashkilotga ko‘ra, 11 dekabr, yakshanba kuni RM2,5 zarralarining havodagi miqdori me’yordagidan 10 barobar ko‘payishi kuzatiladi. Mutaxassislar shu kuni va ertasiga ko‘chaga chiqmaslikni maslahat berdi. Salomatligi, ayniqsa yurak-qontomir tizimida muammolar bo‘lgan kishilarga jismoniy zo‘riqishdan tiyilish tavsiya etilgan.

Taxminlarga ko‘ra, Pekinda havo sifati 13–14 dekabr kunlari odatiy holatga qaytadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy poytaxtida havoning kuchli ifloslangani tufayli ko‘chalarga chiqmaslik tavsiya etildi