Qirg‘iz respublikasida benzin va dizel yoqilg‘isi qimmatlashdi. Bu haqda, Neft mahsulotlari sotuvchilari assosiasiyasi ma’lum qilgan.
12 dekabrdan boshlab, Ai-80, Ai-92 va Ai-95 navli benzin 1 somga , dizel yoqilg‘isi va avtogaz 0,5 somga qimmatlashgan.
Bunga, Rossiya neft mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilish narxi ko‘tarilgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Benzin va dizel yoqilg‘isining dekabr oyi uchun narxi noyabrdagidan 10 foizga qimmatlashgan.
Moskva hududidagi neftni qayta ishlash zavodining 2017 yil yanvar-aprel oyida ta’mirlanishi, Qozog‘iston janubida yoqilg‘i tanqisligi tufayli, ushbu respublikaning neft mahsulotlarini ko‘proq xarid qilishi narx oshishiga ta’sir ko‘rsatgan.
Yaqin orada, Qirg‘izistonda benzin narxi 8-10 foizga, dizel - 5-10 foizga ko‘tarilib borishi taxmin qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi