12:13 / 14.12.2016
9 023

Qirg‘iziston ham O‘zbekistondan ortda qolishni xohlamadi

Qirg‘iziston ham O‘zbekistondan ortda qolishni xohlamadi

2016 yilning 19 dekabr kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi fuqarolari 5 kun muddat ichida davlat idoralarida ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilingan davlatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

Ta’kidlanishicha, Jog‘org‘u Kenesh tomonidan Qirg‘izistonning "Tashqi migrasiya to‘g‘risida"gi qonuniga joriy yilning 5 noyabr kuni tuzatishlar kiritilgan. Qonunda Qirg‘izistonga 5 kundan ortiq muddatga kelgan chet el fuqarolari uchun davlat idoralarida ro‘yxatdan o‘tish tartibi shart etib belgilangan. Xabarda yozilishicha, bu holat turizm sohasidagi tadbirkorlarni qattiq g‘azablantirgan.

Sputnik Qirg‘iziston nashrida yozilishicha, yangi qonun tashqi migrasiya sohasida hukumat vakolatlarini ham ancha kengaytirgan. Bu — qaror samaradorligini oshirish maqsadida qilingani ta’kidlanmoqda.

18 noyabr kuni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun bo‘yicha rasmiy Bishkek: Ukraina, Qozog‘iston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Rossiya, AQSh, Fransiya va boshqa davlatlardan bo‘lgan fuqarolarga ro‘yxatdan o‘tishni rasman bekor qilmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston ham O‘zbekistondan ortda qolishni xohlamadi