15 dekabr kuni Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Yaponiyaga jo‘nab ketdi. Rossiya rahbarining samolyoti Yamaguti prefekturasidagi Ube aeroportiga qo‘ndi. Aeroportda Putinni Nagato shahri meri kutib olgan. Bu haqda “Izvestiya”ga asoslanib Qalampir.uz sayti xabar bermoqda.
Nagato shahrida Vladimir Putin va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o‘rtasida o‘tkaziladigan muhokamalar uch qismdan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Ilk muzokaralar ikki davlat delegasiyasi a’zolari bilan birgalikda tor doirada o‘tkaziladi.
Keyingi muhokamalar Putin va Abe o‘rtasida yakkama-yakka o‘tishi belgilangan. 16 dekabr kuni Vladimir Putin va Sindzo Abe Tokiodagi tadbirlarda ishtirok etadi.
Kreml matbuot xizmati avvalroq, Putin va Abe o‘zaro uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy masalalarga asosiy urg‘u berishlari haqida xabar qilgandi. Shuningdek, hududiy mavzuga oid muammo ham muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif oldidan Vladimir Putin Yaponiya bilan chegara xususida tinchlik shartnomasini imzolashga harakat qilishi haqida ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi