Donald Tramp berayotgan va’daga ko‘ra, uning ma’muriyati hukumat tepasiga kelishi bilan, AQSh tashqi siyosatda yangi yo‘nalish oladi. Bu haqda Sputnik sayti xabar berdi.
"Bizning tashqi siyosatimiz yangicha yo‘nalishga muhtoj", — deb aytgan Tramp Orlandoda o‘z tarafdorlari qarshisida chiqish qilar ekan.
Tramp, shuningdek, "chet el davlatlarini qayta qurgandan ko‘ra, o‘z mamlakatimizni qayta quramiz", deya ta’kidlagan.
"Biz uzoq vaqtgacha bir mamlakatdan ikkinchisiga mas’uliyatsiz bostirib kirishlarni amalga oshirdik, u davlatlar haqida sizlarning ko‘pchiligingiz eshitmagansiz ham, bu aqlsizlik va bu barham topishi kerak! Tramp ma’muriyati eng avvalo AQSh milliy manfaatlari haqida qayg‘uradi", — deya ta’kidlagan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Tramp 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda AQSh prezidenti etib saylangan edi. U 20 yanvar kuni qasamyod qabul qilgach, o‘z prezidentlik vakolatlarini qabul qilib oladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?