Tramp Obamaning u haqidagi so‘zlariga munosib javob qaytardi

  • 18 dekabr 2016, 19:23
  • 4 949
  • Dunyo
  • Tramp Obamaning u haqidagi so‘zlariga munosib javob qaytardi

    Donald Tramp AQShning Mobil shahridagi (Alabama shtati) tarafdorlari oldida chiqish qilib, Mishel Obamaning u haqidagi gaplariga o‘z munosabatini bildirdi. Gap shundaki, Barak Obamaning rafiqasi respublikachining AQSh prezidenti lavozimini egallashi Amerika xalqining mamlakatdagi yangilanishlarga bo‘lgan umidlarini chippakka chiqarishini aytgandi. "Kun" nashri shu haqida xabar bermoqda.

    "Kecha Mishel Obama umidlar chipakka chiqqanini aytdi. Tushunishimcha, u kelajak haqida emas, o‘tmish haqida gapirdi. Bizda esa, aksincha, katta umidlar va ulkan salohiyatlar mavjud. Biz misli ko‘rilmagan buyuk davlat bo‘lamiz", - deya ishonch bilan ta’kidladi Tramp.

    "Ssenariy hozircha yozilmagan. Biz ertaga tarixning qaysi bobi o‘zgarishini bilmaymiz. Biroq uzoq yillar davomida birinchi marta shuni aniq bilamizki, bu sahifalarning har biri siz tomoningizdan yoziladi", - deya va’da berdi respublikachi o‘n minglab tarafdorlariga yuzlanib.

    "Yaqinda turmush o‘rtog‘im Melaniya bilan Oq uyda bo‘ldik. Prezident va uning ayoli biz bilan juda yaxshi muomala qilishdi. Umid qilamanki, Mishel Obama boshqa narsani nazarda tutgan va shunchaki o‘z fikrini noto‘g‘ri bayon etgan", - deya qo‘shimcha qildi Tramp.

    Mishel Obama juma kuni Opra Uinfriga bergan intervyusida Oq uyga Trampning kelishi Barak Obama davrida 8 yil davom etgan "umidlar va o‘zgarishlar" davriga chek qo‘yishini aytgan. "Hozir biz umidsizlik nima ekanini his qilmoqdamiz", - degan 44-davlat rahbarining turmush o‘rtog‘i.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tramp Obamaning u haqidagi so‘zlariga munosib javob qaytardi