22:53 / 19.12.2016
8 587

Suriya muammolari endi Qozog‘istonda hal qilinadi

Suriya muammolari endi Qozog‘istonda hal qilinadi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Suriyaga doir masalalarni gaplashib olish uchun Ostona tayyorligi xususida gapirib o‘tdi. Bu haqda u Rossiya prezidenti Putin hamda Turkiya prezidenti Redjep Tayip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng aytib o‘tgan deb xabar beradi prezident matbuot xizmati.

“Rossiya va Turkiya prezidentlari bilan suhbatda eng dolzarb xalqaro va hududiy muammolar tilga olingan. Rossiya va Turkiya rahbarlari Suriyadagi tomonlarning muloqotlari Ostonada o‘tishiga xohish bildirishgan. Nursulton Nazarboyev ushbu fikrni qo‘llab, bunday muloqotlar uchun Qozog‘istonda hamma sharoitlar yaratilishini aytib o‘tgan”,-deyiladi xabarda. Nazarboyev Suriyadagi muammoning tinch yo‘l xal bo‘lishi tarafdori ekanligini bildirgan.

16 dekabrda Putin Erdog‘an bilan telefon orqali suhbatda Suriya muammosi ishtirokchilari yangi bir maydonda gaplashib olishlari taklifini bergan. “Masalan, bunday xudud Qozog‘istonning poytaxti Ostona bo‘lishi mumkin. Agar tomonlar rozi bo‘lishsa, biz prezident Nazarboyevga murojjat etib, bu jarayonni qo‘llashini iltimos qilardik»,-dedi Rossiya prezidenti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriya muammolari endi Qozog‘istonda hal qilinadi