AQSh Janubiy Koreyada bundan keyin ham strategik kuchlarini joylashtirishi ma’lum bo‘ldi

  • 21 dekabr 2016, 11:00
  • 4 053
  • Dunyo
  • AQSh Janubiy Koreyada bundan keyin ham strategik kuchlarini joylashtirishi ma’lum bo‘ldi

    AQSh Janubiy Koreyada bunday keyin ham strategik kuchlarini joylashtirishini tasdiqladi. Bu Shimoli-Sharqiy Osiyodagi o‘z ittifoqdoshlarini Pxenyanning yadro va raketa tahdididan himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi, deb xabar qildi Ryonxap agentligiga asoslanib Kun.uz nashri.

    Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv Vashingtonda Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Li Son Nam va mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Yu Chje Sonning AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Kantrimen hamda mudofaa vaziri o‘rinbosari Devid Sher bilan uchrashuvi chog‘ida tasdiqlandi.

    "Rasmiy shaxslar Shimoliy Koreyaning yadro va raketa tahdidiga javoban AQShning strategik mudofaa tizimlarini Koreya Respublikasi himoyasi uchun doimiy ravishda joylashtirish majburiyatini tasdiqladi", - deya bayonot so‘zlarini keltiradi agentlik.

    AQSh Janubiy Koreyaga joriy yil boshida B-52 strategik bombardimonchi va ko‘rinmas-qiruvchi samolyotlarni jo‘natgandi. Bu KXDRning yadro sinovlariga javoban amalga oshirildi.

    "AQSh 2016 yilda Koreya Respublikasiga mudofaa tizimini kuchaytirish choralari orqali o‘z majburiyat va qat’iyatini ko‘rsatib berdi", - deya ta’kidlanadi bayonotda.

    Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro bosim va qattiq sanksiyalarga qaramay o‘zining atom va raketa sohalaridagi dasturini to‘xtatishdan bosh tortmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » AQSh Janubiy Koreyada bundan keyin ham strategik kuchlarini joylashtirishi ma’lum bo‘ldi