17:10 / 23.12.2016
8 469

Putin: Rossiya – istalgan agressordan kuchliroq

Putin: Rossiya – istalgan agressordan kuchliroq

Rossiya barcha ehtimoliy tajovuzkor kuchlardan kuchliroq. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin juma kuni tashkil etilgan katta matbuot anjumanida xabar qildi, deya yozadi «Kun.uz» sayti.

«Hech kim AQShda – eng kuchli Harbiy kuchlar borligi haqida gapirmadi. Rossiya – istalgan agressordan kuchliroq», - deya aytib o‘tdi davlat rahbari The Wall Street Journal jurnalisti savoliga javob berarkan.

Avvalroq, AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi bu fikrga qo‘shilmasligi haqida ma’lum qilgandi. «O‘ylashimcha, Qo‘shma Shtatlar Harbiy kuchlaridagi professionallik, bilim va imkoniyatlar borasida umuman bahs qilish yarashmaydi», - deya ta’kidlab o‘tdi u.

Putin 22 dekabr kuni Mudofaa vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida Rossiyaning harbiy ustunligi haqida ma’lum qilgandi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat armiya va flotni modernizasiya qilish, qo‘shinlarni tayyorlashdagi ishlarni jadallik bilan olib borishi kerak. Aks holda, uning so‘zlariga ko‘ra, «vaziyat dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalarni hisobga olgan holda tezkorlik bilan o‘zgarishi mumkin».

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: Rossiya – istalgan agressordan kuchliroq