Putin "Bi-bi-si"ning AQSh bilan "kimo‘zar" o‘ynash haqidagi savoliga javob berdi

  • 23 dekabr 2016, 20:47
  • 8 069
  • Dunyo
  • Putin "Bi-bi-si"ning AQSh bilan "kimo‘zar" o‘ynash haqidagi savoliga javob berdi

    Putinning matbuot-anjumanida "Bi-bi-si" muxbiri Rossiyaning armiya haqidagi gaplari ikki davlat o‘rtasida qurollanish poygasini vujudga keltirmaydimi, deya savol berdi, deb yozmoqda Sputnik agentligi.

    "Tomonlardan biri raketalarga qarshi mudofaa shartnomasidan bir tomonlama tarzda chetlashsa va "soyabon" tashkil qilgan bo‘lsa, ikkinchi tomon ham "soyabon" tashkil qilishi lozim. "Bu chaqiriqni biz o‘ylab topganimiz yo‘q, shu bois bu uchun biz javob bermaymiz", — dedi Putin.
    "Biz yadro bombalari tizimini mukammallashtirishda oldinga o‘tib ketdik, shu jumladan raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini engib o‘tishda ham. Balki shuning o‘zi AQShni o‘z yadroviy arsenalini mukammalashtirishga undagandir.

    Rossiya rahbari Moskva kuchi etmaydigan poygaga qo‘shilmasligini ta’kidlab o‘tdi.

    "2021 yilga kelib bizda yangi va eng yangi qurol aslahalarning 70%i bizda bo‘ladi, hozirda bu ko‘rsatkich 50%ni tashkil qilmoqda, biz o‘z rejalarimizni to‘liq amalga oshiramiz", — deb bayonot qildi Putin.

    Xakerlar hujumi haqidagi savolga to‘xtalar ekan, Rossiya etakchisi AQShga uyushtirilgan kiberhujumlar ortida kim turganini hech kim bilmasligini aytdi.

    Putinga ko‘ra, ayblovlar ortida yutqazgan tomonning o‘zini oqlashga bo‘lgan urinishi turibdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Putin "Bi-bi-si"ning AQSh bilan "kimo‘zar" o‘ynash haqidagi savoliga javob berdi