Qozog‘istonning Taraz shahrini Muhabbat ismli qizcha voqeasi hayratlantirdi. Yaqinda jarrohlar qizni operasiya qilishdi va uning oshqozonidan bir kilogramm soch chiqarib olishdi. 11 yoshlik qizchaning oshqozoni to‘liq va ichaklarining bir qismi soch bilan to‘lgan bo‘lgan.
Qizcha tunda shifoxonaga olib kelingan. U qornidagi og‘riqlardan to‘xtamay yig‘lagan. Qizcha to‘la oshqozoni bilan na ovqat eya olgan, na suv icha olgan. Jarrohlar uning oshqozoniga etib borishganda, unda bir uyum sochni aniqlashgan. U tashqi ko‘rinishidan namat matosiga o‘xshash bo‘lgan.
Aniqlanishicha, qizcha Rapunsel sindromidan aziyat chekkan. Bu sindrom ruhiy kasallik bo‘lib, undan aziyat chekuvchilar asabiylashish vaqtida o‘z sochlarini eyishni boshlaydilar. Ajab emaski, bu muammo ko‘pincha oshqozon-ichak yo‘lida jiddiy oqibatlarga olib keladi.
Bunday kasallikda ichak va oshqozonni jarrohlik aralashuvisiz tozalab bo‘lmaydi va bunday muolaja zudlik bilan amalga oshirilishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi