7 257
Halokatga uchragan Tu-154 samolyoti bortida Termizda tug‘ilgan dirijyor va bastakor Valeriy Xalilov bo‘lgani ma’lum qilindi
Rossiya mudofaa vazirligi halokatga uchragan Tu-154 samolyoti bortida bo‘lgan 92 kishining ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida Aleppoda konsert berishi rejalashtirilgan Aleksandrov nomli ashula va raqs akademik ansamblining 64 a’zosi, jumladan, jamoa rahbari Valeriy Xalilov bor. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Termiz shahrida 1952 yilda tug‘ilgan dirijyor va bastakor, general-leytenant, Rossiya xalq artisti Valeriy Xalilov shu yil aprelida ansambl badiiy rahbari etib tayinlangandi. U «Spass minorasi» xalqaro harbiy-musiqiy festivali rahbari edi.
Farzandi tug‘ilgani sababli uyda qolgan ansamblning etakchi solisti Vadim Ananevga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot bortida jamoa xorining o‘zi va yana ikki solistdan tashqari barcha ishtirokchisi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi