17:55 / 25.12.2016
7 508

Rossiyada Tu-154 aviahalokati munosabati bilan 26 dekabr motam kuni deb e’lon qilindi

Rossiyada Tu-154 aviahalokati munosabati bilan 26 dekabr motam kuni deb e’lon qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qora dengizga qulagan Tu-154 samolyoti qurbonlari xotirasiga 26 dekabrni umumilliy motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Halokatga uchragan samolyot bortida 92 kishi bo‘lgan. Rossiya Mudofaa vazirligi axborotiga ko‘ra, katta ehtimol bilan, yo‘lovchilarning bari halok bo‘lgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti 25 dekabr tongida Sochida qayta yonilg‘i olganidan so‘ng, Qora dengizga quladi. Samolyot Moskva viloyatidan Suriyaga uchayotgan edi.

Yo‘lovchilarning aksariyati Aleksandrov nomidagi ashula va raqs ansambli a’zolari bo‘lgan. Bortda, shuningdek, Rossiya «Birinchi kanali», «NTV» va «Zvezda» telekanallarining tasvirga olish guruhlari ham bo‘lgan.

Rossiya Mudofaa vazirligidan ma’lum qilishlaricha, samolyotda «Adolatli yordam» jamg‘armasi ijrochi direktori Elizaveta Glinka (Doktor Liza) ham bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada Tu-154 aviahalokati munosabati bilan 26 dekabr motam kuni deb e’lon qilindi