20:02 / 30.12.2016
6 972

Filippin prezidenti odamlarni vertolyotdan tashlamaganini aytdi

Filippin prezidenti odamlarni vertolyotdan tashlamaganini aytdi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte u vertolyotdan odamlarni tashlab yuborgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor qildi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

«Bizda vertolyot yo‘q edi. Biz undan foydalanmaymiz», — dedi u CNN telekanalida.

Bir paytning o‘zida Duterte giyohvand moddalarga qarshi kurashni «oxirgi narkobaron o‘ldirilguniga qadar» davom ettirishini ma’lum qildi.

Shu intervyuning o‘zida Filippin prezidenti mamlakatda AQSh harbiy kuchlari turishini ko‘zda tutuvchi kelishuvni bekor qilishini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filippin prezidenti odamlarni vertolyotdan tashlamaganini aytdi