10:39 / 03.01.2017
7 381

Alabama shtatida to‘rt kishi tornado qurboniga aylandi

Alabama shtatida to‘rt kishi tornado qurboniga aylandi

2 yanvar, dushanba kuni Amerikaning Alabama shtati Rexobet shahrida kuchli tornado o‘tishi natijasida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Daryo».

ABC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning jasadlari ofat bo‘lib o‘tgan hududdagi inshootlardan birida aniqlangan. Boshqa ko‘plab uylar va imoratlar ham zarar ko‘rgan.

Hukumat ma’lum qilishicha, tumanda kuchli jala oqibatida suv toshqini ham kuzatilgan.

Kuchli shamol va yomg‘ir so‘nggi bir necha kun davomida AQShning ba’zi janubiy hududlariga yopirildi. Luizianada noqulay ob-havo tufayli 100 mingga yaqin kishi chiroqsiz qoldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alabama shtatida to‘rt kishi tornado qurboniga aylandi