Vladimir Putin sobiq sovet respublikalari suverenitetini hurmat qilishga va’da berdi

  • 04 dekabr 2014, 17:01
  • 7 283
  • Dunyo
  • Vladimir Putin sobiq sovet respublikalari suverenitetini hurmat qilishga va’da berdi

    Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Moskvaning sobiq sovet respublikalari suverenitetini hurmat qilish bo‘yicha pozisiyasi o‘zgarmaganini ma’lum qildi, Bu haqda «Interfaks»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.

    «Ma’lumki, Rossiya 90 yillar arafasida Ukraina va boshqa sobiq SSSR respublikalarining suverenitetga intilishini nafaqat qo‘llab–quvvatlagan, balki bunga sezilarli darajada zamin ham yaratgan. Bizning o‘sha paytdagi pozisiyamiz hozirgacha ham o‘zgarmagan», − dedi Putin Rossiya Federal Majlisiga qilgan murojaatida.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z taraqqiyot yo‘lidan borish, ittifoqchilarini, jamiyatning siyosiy tashkil qilinishini tanlash, iqtisodiyotini qurish va o‘z xavfsizligini ta’minlash har bir xalqning ajralmas suveren huquqidir.

    «Rossiya bunga har doim hurmat bilan munosabatda bo‘ladi. Bu to‘liq holda Ukraina va qardosh ukrain xalqiga ham taalluqlidir», − dedi Rossiya prezidenti.

    Foto: kremlin.ru

    » » Vladimir Putin sobiq sovet respublikalari suverenitetini hurmat qilishga va’da berdi