AQSh mehnat vazirligi Google’ga federal hukumat bilan biznes yuritishni taqiqlab qo‘yish bilan tahdid qilmoqda. Bu holat internet-kompaniya o‘zining minglab xodimlari shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etmasa yuz beradi, deb xabar beradi Kun.uz sayti.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, vazirlik yuristlari tegishli ariza bilan ma’muriy ishlar bo‘yicha sudga murojaat qilgan. Unda Google bir necha bor vazirlikka ishchilarga kompensasiya to‘lovlari va boshqa ma’lumotni taqdim etishdan bosh tortgani aytiladi. Yuristlarning aniqlik kiritishicha, bu ma’lumotlar vazirlikka Kaliforniyada joylashgan kompaniya ishchilarni jinsiy yoki irqiy jihatdan ajratmasligiga ishonch hosil qilishi uchun kerak.
Google vakillarining ma’lum qilishicha, mehnat vazirligi talabiga ko‘ra xodimlari haqida yuz minglab ma’lumotlarni taqdim etishgan, biroq “vazirlikning bir qator talablari” bo‘yicha ularni berishdan bosh tortishgan. Kompaniya bunday talablarni “shaxsiy ma’lumotga tajovuz qilish” deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi