Amerikaning otolaringologiya akademiyasi quloqlar gigienasi bo‘yicha yangilangan klinik qo‘llanmani chiqardi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Quloqdagi oltingugurt organizmning eshitish yo‘lini himoya qilish, moylash va tozalash uchun mo‘ljallangan sekreti (shirasi) hisoblanadi. Eshitish yo‘li terisining muguz qatlami ko‘chishi pastki jag‘ harakati bilan birgalikda oltingugurtning asta-sekinlik bilan tashqariga siljib chiqishini ta’minlaydi. Ko‘pchilik odamlarda eshitish yo‘lining o‘ziga xos anatomik va fiziologik xususiyatlari tufayli, quloqda ko‘p miqdorda oltingugurt to‘planib qoladi.
Tashqi eshitish yo‘lini tozalashda ba’zilar yordamchi vositalar, masalan, paxtali cho‘pchalardan foydalanadi. Ammo, yangilangan qo‘llanma mualliflari tadqiqotlarga tayanib fikr bildirishicha, bunday amaliyot nomaqbuldir.
Xususan, olimlar quloqlarni haddan tashqari ko‘p yuvish va ularni begona buyumlar kiritish orqali tozalashdan voz kechishni tavsiya qiladi, chunki bu eshitish yo‘liga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, infeksiya va quloq suyaklarining joyidan siljishiga olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi