07:53 / 10.01.2017
6 296

Rossiyada 44 ming butilkadan rekord darajada katta fil yasaldi (video)

Rossiyada 44 ming butilkadan rekord darajada katta fil yasaldi (video)

Arxangelskda Ginnesning Rekordlari kitobiga kirish maqsadi ko‘zlangan aksiya yakuniga etdi. Plastik butilkalardan iborat ulkan fil qurib bitkazildi, deb yozadi «Daryo».

Filning balandligi sakkiz metr, uzunligi esa 12,5 metrni tashkil qiladi. 44 500 ta butilkadan iborat qutb filining og‘irligi 2,5 tonnadir.

G‘aroyib haykalni barpo etish 2016 yilning sentyabrida boshlangan edi. Aksiyadan bir nechta — xom ashyoni ikkilamchi qayta ishlash muammosiga e’tibor qaratish, fuqarolar chiqitlarni alohida yig‘ishga hali tayyor emasligini ko‘rsatish, shuningdek, shaharni Ginnesning Rekordlari kitobiga kiritish maqsadlari ko‘zlangan.

Aksiya faollari material to‘plash uchun shaharda maxsus qizil qutilar o‘rnatib, ularga faqat plastik butilkalarni tashlashni so‘radi. Biroq birinchi kunlari ularga maishiy chiqitlarning 90 foizi tashlanganligi aniqlandi. Tashkilotchilar taslim bo‘lmasdan, aksiyani davom ettirdi.

Besh kishigacha bo‘lgan payvand qiluvchilarning ikki jamoasi karkasni yaratish ustida ikki smenada ish olib bordi. Haykal shamol va og‘irlikka chidamli ekanligi ta’kidlanmoqda.

Rekord rasman o‘rnatilgandan so‘ng, plastik Arxangelsk chiqindilarni qayta ishlash zavodida utilizasiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 44 ming butilkadan rekord darajada katta fil yasaldi (video)