11:44 / 20.04.2015
7 478

Olma-Ota metrosida “Moskva” va “Sayron” nomli ikki yangi bekat ochildi

Olma-Ota metrosida “Moskva” va “Sayron” nomli ikki yangi bekat ochildi

18 aprel kuni Olma-Ota shahridagi metroda ikki yangi bekat foydalanishga topshirildi. “Moskva” va “Sayron” deb nomlangan ushbu bekatlarning ochilishi marosimida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirok etdi, deb yozadi Kun.uz.

Qozog‘iston rahbari “Moskva” metro bekatiga tushib, quruvchi va metropoliten xodimlari bilan uchrashdi. U bilan birgalikda ochilish marosimida Olma-Ota hokimi Axmetjon Esimov, Transport boshqarmasi rahbari Talgat Abdurahmonov, tadbirkor Kenes Rakishev, Rossiya bosh konsuli hamda boshqa yuqori lavozimli amaldorlar ishtirok etishdi.

Nazarboyev Olma-Ota megapolisga aylanib borayotganini ta’kidlab, shahardagi 1,5 mln nafarlik aholining harakatlanishi uchun qulayliklar yaratilishi ishlari davom etishini bildirdi. Uning aytishicha, shaharda halqa yo‘li quriladi va ekologiya holatining yaxshilanishi borasida ishlar amalga oshiriladi.

Xabar qilinishicha, “Moskva” bekatida Moskva shahridagi Kreml binosi va Qizil maydon tasvirlari ifodalangan.

Shahar metrosida 2012 yilda kuniga 15-16 ming kishi tashilgan, 2014 yilda esa bu boradagi ko‘rsatkichlar 24-25 mingga etgan. Yangi bekatlar ishlay boshlaganidan keyin ko‘rsatkichlar yana ikki barobar ortishi kutilmoqda.

Olma-Ota metrosi 2011 yilning 1 dekabrida foydalanishga topshirilgan bo‘lib, shu vaqtgacha unda 7ta metro bekati mavjud edi: “Rayimbek botir”, “Jibek jo‘li”, “Almali”, “Baykonur”, “Abay”, “Muxtor Avezov” va “Alatau”.

Qayd etish joizki, shaharning yangi metro bekatlari barpo etilgan hududlarida uy-joylar narxi 10 foizga qimmatlashib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olma-Ota metrosida “Moskva” va “Sayron” nomli ikki yangi bekat ochildi