Turkiya parlamentining Adolat va taraqqiyot partiyasi va muxolif Xalq-respublika partiyasi deputatlari o‘rtasida mamlakat konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritish haqida o‘tkazilgan muhokama chog‘ida ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi. Bu haqda Turkiyaning “NTV” telekanaliga asoslanib “Qalampir.uz” xabar berdi.
Mamlakat bosh qonuniga asosiy o‘zgartirishni asosan Adolat va taraqqiyot partiyasi deputatlari kiritishdi. Mushtlashuv esa muxolif partiya vakillari tomonidan tribunani to‘sib qo‘yish harakati vaqtida yuzaga keldi.
Mushtlashuv sabab bir necha kishi jarohat oldi, adolat va taraqqiyot partiyasi rahbar o‘rinbosari Fotih Shahin burnini sindirib olgan. Shuningdek, yuzaga kelgan voqea oqibatida mikrofonlar, stol va stullarga zarar etgan.
Turkiya parlamenti 330 dan ortiq deputat ovoz bergan taqdirda, konstitusiyaga o‘zgartirish kiritishi mumkin. Adolat va taraqqiyot partiyasi va Milliy harakat partiyasi parlamentda 355 ta ovozga ega. Yana ikkita muxolif partiyalar, ya’ni Xalq-respublika partiyasi va Xalqlar demokratiyasi partiyasi deputatlari parlament tizimi emas, prezidentlik tizimini amalga kiritishga qarshi chiqishmoqda. Bu ikki partiya mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni yakkahokimlik o‘rnatishga urinishda ayblashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi