2017 yil 20 yanvarda vakolati yakunlanadigan AQSh prezidenti Barak Obama Ukrainadagi voqealar sababli Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar muddatini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati e’lon qilgan hujjatlarda so‘z yuritilgan.
Obamaning fikricha, "Rossiya Federasiyasining harakati va siyosati", "AQShning milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga nisbatan favqulodda va o‘ziga xos tahdid uyg‘otishda davom etmoqda". "Shu boisdan, Ukrainaga nisbatan qabul qilingan 13660 sonli farmonga muvofiq, favqulodda holat (sanksiya) tartibini uzaytirish lozim deb qaror qildim", - deb qayd etgan prezident.
Shunday qilib, sanksiya yana bir yilga uzaytirildi. Farmonning o‘zi 2014 yil 6 martida qabul qilingan edi.
Umuman, Ukrainadagi voqealar sababli, AQSh prezidenti Rossiyaga nisbatan 3 marta farmon qabul qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi