00:13 / 15.01.2017
6 682

Turkiya va Rossiya AQShni Ostonadagi muzokaralarga taklif qilmoqchi

Turkiya va Rossiya AQShni Ostonadagi muzokaralarga taklif qilmoqchi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Rossiya tomoni bilan Qozog‘iston poytaxti Ostonada Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralarga AQShni taklif qilishni kelishib oldi. Chovusho‘g‘lu bu haqda jurnalistlarga aytdi.

"AQSh Ostonadagi muzokaralarda ishtirok etadi", deb aytgan Chovusho‘g‘lu. Uning aytishicha, Vashington vakillarining taklif qilinishi masalasi Moskva bilan diplomatik darajada muhokama qilingan.

Uning aytishicha, "joriy bosqichda Ostonada qanday tomonlar va qanday darajada taqdim qilinishiga baho berilishi davom etmoqda".

Chovusho‘g‘lu Anqara "muzokaralarda kurd jangarilarining ishtirok etishiga qarshiligini" ta’kidlab o‘tdi. "Muzokaralarda vaziyatni tartibga solishda samarali ulush qo‘sha oladigan tomonlar ishtirok etishi kerak", deb hisoblamoqda Turkiya tashqi ishlar vaziri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya va Rossiya AQShni Ostonadagi muzokaralarga taklif qilmoqchi