11:15 / 16.01.2017
7 153

Erdog‘an bir asrlik an’anani buzdi!

Erdog‘an bir asrlik an’anani buzdi!

Turkiya parlamenti prezident boshqaruviga o‘tish ko‘zda tutilgan konstitusiyaviy islohotlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi yozmoqda, deb xabar beradi Vodiymedia.uz.
18 banddan iborat qonun loyihasi muhokamasi 9 yanvardan beri davom etayotgandi. U deputatlar orasida ko‘plab bahslarni yuzaga keltirdi. Xatto xalq noiblari o‘rtasida mushtlashuvlar, keskin tartibchizliklar yuzaga keldi.

Mamlakatning prezidentlik boshqaruvi tizimiga o‘tishini ko‘zda tutgan bosh qomusga o‘zgartirish kiritish loyihasini parlamentga amaldagi hukmron – Adolat va taraqqiyot partiyasi kiritdi. Turkiyadagi boshqaruv tizimini o‘zgarishi uning etakchisi Rajab Toyib Erdog‘anga katta imkoniyatlarni berishi tayin. Turkiya siyosatida so‘nggi o‘n besh yillikda ob-havoni belgilab kelayotgan Erdog‘an yaqin yuz yildan beri o‘zgarishsiz kelayotgan tuzumni almashtirmoqda. Turkiya respublikasi tashkil etilgan 1923 yildan beri parlament boshqaruvi amalda edi.
Endi Erdog‘an shundog‘am uzun qo‘llarini yanada uzaytirib oldi. Davlat rahbari, qabul qilinajak o‘zgarishlarga ko‘ra, qaror chiqarish, vazirlarni tayinlash, referendumga konstitusiyaviy o‘zgarishlar to‘g‘risida takliflar kiritish huquqiga ega bo‘ladi. Shuning bilan birga prezident partiyadagi a’zoligini to‘xtatmasdan faoliyat olib boraveradi. Amaldagi qonunlar saylangan prezidentni o‘z partiyasini tark etishini ko‘zda tutadi.
Loyihaga yakuniy tuzatishlar kiritib bo‘linganidan so‘ng, 330 dan oshiq deputat ijobiy ovoz beradigan bo‘lsa, Turkiya parlamenti uni referendumga qo‘yadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdog‘an bir asrlik an’anani buzdi!