16:07 / 16.01.2017
10 254

Qirg‘izistonda samolyot qulashi natijasida 32 kishi halok bo‘lgan (Video)

Qirg‘izistonda samolyot qulashi natijasida 32 kishi halok bo‘lgan (Video)

Qirg‘izistonda yuk tashish samolyoti halokatga uchradi. Voqea davlat poytaxti Bishkekdan uncha uzoq bo‘lmagan Manas aeroportida, Toshkent vaqti bilan 7:31da yuz berdi.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Boeing-747 yuk tashuvchi samolyotning qulashi oqibatida 32 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan. Ularning aksariyati layner qulagan shaharcha aholisidir. Halok bo‘lganlarning olti nafari bolalardir. Yana besh nafar kishi, ulardan biri bola, turli jarohatlar bilan kasalxonaga etkazilgan.

Hozircha bu fojia noqulay obu haqo sharoiti tufayli yuz bergani haqida taxmin qilinmoqda. Samolyot qulagan joyda kuchli yong‘in yuzaga kelgan, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. 15 ta xususiy uylar er bilan bitta bo‘lgan. Samolyot Manasdagi aeroportdan 1,5-2 kilometr beriroqda qulagan. “Interfaks”ning Qirg‘iston Transport vazirligidan olgan xabariga ko‘ra, hozirgi ushbu aeroport yopilgan. Hozir fojia joyida barcha xizmatlar ishlamoqda. Samolyot ekipaji, ikki nafar uchuvchi va texnik xodimlarning taqdiri hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Bundan oldin Boeing-747 yuk tashish samolyoti Manas aeroportiga qo‘nish chog‘ida halokatga uchraganligi haqida xabar tarqalgandi. Ushbu samolyot Turkish Airlines kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u Gonkogdan uchib kelayotgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda samolyot qulashi natijasida 32 kishi halok bo‘lgan (Video)