Time jurnali Putinning yoshligidagi suratlarni e’lon qildi

  • 21 aprel 2015, 19:26
  • 11 780
  • Dunyo
  • Time jurnali Putinning yoshligidagi suratlarni e’lon qildi

    AQShda chop etiladigan Time jurnali Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bolaligi va yoshligiga oid suratlarni e’lon qildi. Ular orasida bo‘lajak prezident oila davrasida tushgan suratlar ham bor. Qayd qilinishicha, suratlar 1960-1990 yillar orasida tushirilgan, deb yozadi Kun.uz.

    Eslatib o‘tamiz, yaqinda Putin jurnal muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan “Dunyodagi eng nufuzli shaxs” so‘rovnomada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Putin jurnal tahririyati versiyasidagi eng nufuzli shaxslar ro‘yxatiga ham kiritildi. Rossiya etakchisi unga ovoz berganlar shu yo‘l bilan Rossiyaga bo‘lgan hurmatini izhor etganini ta’kidlab o‘tdi.

    Rasmlarga Rossiya rahbarining tarjimai holiga chizgilar ilova qilindi. Ularni topish juda qiyin bo‘lganligi alohida qayd qilib o‘tildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Time jurnali Putinning yoshligidagi suratlarni e’lon qildi