20:27 / 18.01.2017
5 564

Fransiya IT-mutaxassislar, startaperlar va investorlarga to‘rt yillik vizalarni joriy qiladi

Fransiya IT-mutaxassislar, startaperlar va investorlarga to‘rt yillik vizalarni joriy qiladi

Fransiya hukumati French Tech Visa dasturi ishga tushirilganini ma’lum qildi. Uning doirasida texnika sohasidagi xorijiy mutaxassislar o‘zlari va oilasi uchun yengillashtirilgan tartibda viza olishlari mumkin. Bu haqda "TechCrunch"ga asoslanib "Kun.uz" yozmoqda.

French Tech Visa loyihasi IT-sohasida ishlovchi xorijliklar: startap asoschilari va xodimlari, mutaxassislar, Fransiyadagi startaplarga qo‘shilishni istovchilar, shuningdek investorlarga mo‘ljallangan.

Viza to‘rt yilga beriladi, uni cho‘zdirish ham mumkin. Fransiya hukumati viza olgan inson va uning oila a’zolariga mamlakatda doimiy yashash hamda ishlashga ruxsat berilishini kafolatlaydi.

Bundan tashqari, hukumat Fransiyaning etakchi yuzta startapi ro‘yxatini tuzishni hamda bu kompaniyalardan har biriga French Tech Visa vizasini olgan xorijlik mutaxassisni ishga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Shu bilan bir qatorda, viza oluvchi uning muddati davomida tanlangan kompaniyada ishlash majburiyatiga ega emas.

Mamlakat hukumati dastur qachondan ishga tushirilishiga aniqlik kiritmadi, loyiha saytida u yaqin orada joriy qilinishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, Fransiyada ayni damda ishbilarmonlar uchun 2015 yilda ishga tushirilgan French Tech Ticket dasturi bor. Bu loyiha ish vizalarini taqdim etish, shuningdek jamoaning har bir a’zosiga 14 dan 28 ming evrogacha grant ajratish, bepul ofis va ma’muriy masalalar bo‘yicha ko‘makni o‘z ichiga qamrab oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya IT-mutaxassislar, startaperlar va investorlarga to‘rt yillik vizalarni joriy qiladi