Dunyodagi eng qimmat aksiyalar ko‘pchilik o‘ylagandek Uorren Baffetning Berkshire Hathaway aksiyalari emas. Mashhur investor kompaniyasining qimmatbaho qog‘ozlari atigi 243 ming dollarga baholanadi. Ikki uncha katta bo‘lmagan Lotin Amerikasi birjalarining aksiyalari 10 karra qimmat turadi. Bu haqida Bloomberg'ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Chilidagi asosiy birjaning birgina aksiyasi - 2,5 million dollar, Argentina birjasi qog‘ozi esa - 2,1 million dollar. Ularning muomaladagi aksiyalari juda kamligi sabab narxi baland. Bu maydon kapitalida o‘z ulushiga ega bo‘lishi shart bo‘lgan mahalliy brokerlik idoralari - birjaning yagona aksionerlari bo‘lgan davr merosidir.
Bu me’yor Argentinada uch yil avval bekor qilingan edi, tez orada hozirgi aksionerlar birjaning eski qog‘ozlari evaziga yangi kompaniyaning 250 ming aksiyalariga ega bo‘lishadi. Chilida ham shunga o‘xshash jarayon ro‘y beradi - 48 aksiya 48 millionga aylanadi.
O‘tgan yili Argentinaning Mercado de Valores Buenos Aires aksiyalari 210 foizga oshadi, bu asosiy indeksdan to‘rt karra tezroq demakdir. Bu hukumat almashganidan keyin bozor o‘sishi ilinjida sodir bo‘ldi. Chilining Bolsa de Comercio de Santiago kompaniyasi esa o‘sha davrning o‘zidayoq 24 foizga arzonlashdi, faqat buning uchun birgina tranzaksiya talab qilindi.
Aksiyalarning baland narxi kompaniyalar kapitalizasiyasi haqida deyarli hech qanday ma’lumot bermaydi. Chili birjasining bozor kapitalizasiyasi - atigi 122 million dollar, Argentinaniki - 383 million dollar. Maqola avvalida tilgan olingan Berkshire Hathaway'ning bozor kapitalizasiyasi esa - 399 milliard dollar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi