16:14 / 20.01.2017
8 178

Xitoy aholisi 1,4 mlrd kishiga yaqinlashdi

Xitoy aholisi 1,4 mlrd kishiga yaqinlashdi

Xitoy aholisi 2016 yilda 1 mlrd 382 mln kishiga etgan bo‘lib, 1 yilda 8,09 million kishiga ko‘paygani haqida juma kuni Davlat statistika boshqarmasi ma’lum qilgan, deb yozadi Sharh.uz sayti.

Novosti iz mira vыsokix texnologiy na HiTech24.News
Ushbu ko‘rsatkich, Gongkong va Makao ma’muriy hududlarini hisobga olmagan holda keltirilgan.

2016 yilda mamlakatda 17,86 mln bola tug‘ilgan, 9,77 mln odam vafot etgan. Aholining erkaklar qismi 708,15 mln, ayollar qismi 674,56 mln kishini tashkil etib, har 104,98 erkakka 100 ayol to‘g‘ri kelmoqda. Mazkur muammo haqida mahalliy mutaxassislar qayg‘urmoqda. Ularning fikricha, 2020 yilga borib 4 milliondan ortiq xitoylik erkaklar uylanolmay qoladi.

Mehnatga layoqatli aholi qismi (16dan 59 yoshgacha bo‘lgan) 907,47 mln, nafaqa yoshidagilar esa (60 yosh va undan yuqori) 230,96 mln kishini tashkil etadi.

Shaharlarda jami aholining 792,98 millioni, qishloqlarda 589,73 million odam yashaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy aholisi 1,4 mlrd kishiga yaqinlashdi