10:19 / 21.01.2017
5 631

Tramp Obamacare islohotini qisman to‘xtatib qo‘ydi

Tramp Obamacare islohotini qisman to‘xtatib qo‘ydi

AQSh prezidenti Donald Tramp sog‘liqni saqlash sohasidagi farmonga imzo chekdi. U muassasalarga olti yil avval kiritilgan islohotni bekor qilish jarayonida “tartibga solishni kamaytirish” vazifasini yuklaydi. Bu haqda "Reyter agentligi"ga asoslanib "Kun.uz" xabar berdi.

Shuningdek, Oq uy yaqin vaqt ichida vazirliklarga iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha yangi qoidalarni kiritishni muzlatib qo‘yish maqsadida memorandum jo‘natadi. Bu Trampning saylovoldi va’dalarida aytilgandi.

Tramp va uning Respublikachilar partiyasi avvalgi prezident Barak Obama tomonidan amalga oshirilgan islohotni tezkorlik bilan bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu masala har ikki partiya uchun haddan tashqari siyosiy tusga ega bo‘ldi.

2010 yilgi sog‘liqni saqlash islohoti “Obamaning davolashi” (Obamacare) norasmiy nomini olgan bo‘lib, kam ta’minlanganlarga tibbiy sug‘urta bo‘yicha subsidiyalarni ko‘zda tutadi. Shu bilan bir vaqtda, barcha amerikaliklarga bunday sug‘urtani sotib olish majburiyati yuklatildi. AQSh sog‘liqni saqlash tizimi dunyodagi eng qimmat tizim sanaladi. Obamacare esa jamiyatda turli mojarolarni keltirib chiqardi. So‘rovlarga ko‘ra, amerikaliklarning deyarli yarmi islohotni bekor qilish tarafdori bo‘lib chiqdi. Biroq, shunga qaramay, taxminan 20 million kishi bu islohot tufayli birinchi marta sug‘urtaga ega bo‘ldi.

Qonun 2010 yilda faqatgina demokratlar ovozi bilan qabul qilingan bo‘lib, ular o‘sha payt kongressni nazorat qilishgan. Shundan so‘ng vakillar palatasida, keyinchalik senatda ham ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan respublikachilar qonunni bekor qilish uchun o‘nlab marotaba ovoz berishdi, biroq prezident vetosini chetlab o‘ta olishmadi. Oliy sud islohotning bir qator jihatlarini qo‘llab-quvvatladi. Respublikachilar ayni paytda demokratlar yo‘lidan ketmoqda va muxolifat bilan kelishmay turib o‘zgartirishlarni kiritishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Obamacare islohotini qisman to‘xtatib qo‘ydi