10:58 / 21.01.2017
6 365

Italiyada qor ko‘chkisi ostida qolgan mehmonxonadan 8 kishi tirik holda topildi

Italiyada qor ko‘chkisi ostida qolgan mehmonxonadan 8 kishi tirik holda topildi

Qutqaruvchilar Italiyadagi Abrusso viloyatida qor ko‘chkisi ostida qolgan Rigopiano mehmonxonasidan 8 kishini tirik holda topishgan. Bu haqda "RaiNews24"ga asoslanib "Sharh.uz" xabar berdi.

Ular orasida ikki nafar kichik yoshdagi bolalar va uch nafar ayol borligi aytilmoqda.

Voqea joyida jumaga o‘tar kecha qidiruv-qutqaruv ishlari davom etgan. Xabarlarga ko‘ra tabiiy ofat vaqtida binoda taxminan 35 kishi bo‘lgani aytilmoqda.

Hozircha 3 kishining jasadi topilgan bo‘lib, halok bo‘lganlarning aniq soni ma’lum emas.

Ma’lumki, voqeaga Italiya markazida chorshanba kuni yuz bergan kuchli er silkinishi sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada qor ko‘chkisi ostida qolgan mehmonxonadan 8 kishi tirik holda topildi