Avstriya polisiyasi Venada tramvayni o‘g‘irlab ketgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda The Local nashriga tayanib Daryo xabar berdi.
Shubhalanuvchi aybini tan olib ko‘rsatma bergan. Ma’lum bo‘lishicha, uning yoshi 36 da, avval tramvay haydovchisi bo‘lib ishlagan. U jinoyatni sodir qilishga nima sabab bo‘lganini aniqlik kiritmagan.
Voqea 21 yanvar, shanba kuni ertalab, tramvay haydovchilaridan biri hojatxonaga ketgan vaqtda yuz bergan. Jinoyatchi haydovchining yo‘qligidan foydalanib bo‘sh tramvayning eshigini ochgan, haydovchining o‘rniga o‘tirgan va uni haydab ketgan.
Tartibbuzar tramvayni ikki bekat davomida boshqargan va yo‘l harakati qoidalariga to‘liq amal qilgan. Tramvay o‘g‘irlangani ma’lum bo‘lgach uni to‘xtatish uchun yo‘l to‘silgan. Buni sezgan tramvay o‘g‘risi hech kimning e’tiborini tortmasdan voqea joyidan qochib qolishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi