Erdo‘g‘an zudlik bilan Tramp bilan uchrashish istagida

  • 27 yanvar 2017, 14:25
  • 5 310
  • Dunyo
  • Erdo‘g‘an zudlik bilan Tramp bilan uchrashish istagida

    Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish istagida ekanligini bildirdi. Bu haqda “Hurriyet Daily News” agentligiga tayangan holda “Qalampir.uz” xabar berdi.

    “Men hech qanday kechikishsiz zudlik bilan janob Donald Tramp bilan uchrashishni istayman. Uchrashuvimizning asosiy mavzusi Turkiya-Amerika munosabatlarini baholash bo‘ladi. Ayni vaqtda bizning strategik aloqalarimiz yaxshimi? Yo‘q. Biz bu aloqani tiklashimiz lozim”, deydi Sharqiy Afrika mamlakatlariga uyushtirgan tashrifidan qaytib kelgan Rajab Toyib Erdo‘g‘an.

    “Biz NATOning a’zolarimiz, ammo ayni vaqtdagi munosabatlar bizning hamfikr ekanligimizni ko‘rsatmayapti. Albatta, biz yaqinda Trampning NATO borasidagi fikrlari nimani anglatishini bilishni istaymiz”, deya qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘an.

    Turkiya rahbari AQSh va Turkiya o‘rtasida yana bir muhokama qilinadigan mavzu iqtisodiy munosabatlar ekanligini ma’lum qildi. Ayniqsa, mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlikka e’tibor qaratish lozim.

    Rajab Toyib Erdo‘g‘an Donald Tramp bilan uchrashuvi chog‘ida Fathulloh Gulen masalasini ham muhokama qilishni mo‘ljallagan. Turkiya hukumati Fathulloh Gulenni qaytarib olish istagida. U o‘tgan yilning iyul oyida Anqarada avj olgan harbiy to‘ntarishning boshlovchisi deya ayblanmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Erdo‘g‘an zudlik bilan Tramp bilan uchrashish istagida