Jammu va Kashmirdagi qor ko‘chkisi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

  • 27 yanvar 2017, 22:34
  • 4 712
  • Dunyo
  • Jammu va Kashmirdagi qor ko‘chkisi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

    Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida sodir bo‘lgan qor ko‘chkisi natijasida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Reuters»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

    Qurbonlarning ko‘pchiligini Hindiston va Pokiston hududini ajratib turuvchi shartli Nazorat chizig‘ini qo‘riqlovchi harbiylar tashkil etadi.

    Umumiy hisobda, qurolli kuchlar 15 kishini yo‘qotdi. Ulardan to‘rt nafari 27-yanvar kuni ertalab halok bo‘ldi.

    Shuningdek, yana to‘rt nafar fuqaro halok bo‘lgan, ulardan ikkitasi yosh bola ekani ma’lum qilindi.

    Tabiiy ofat tufayli bir necha qishloqda elektr simlari uzilib, aholi chiroq va issiqliksiz qolgan.

    Yaqin kunlarda qurbonlar soni ortishi taxmin qilinmoqda: sinoptiklar qor ko‘chishi xavfi dam olish kunlari so‘ngigacha saqlanib qolishini ta’kidlamoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jammu va Kashmirdagi qor ko‘chkisi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi