14:49 / 29.01.2017
7 697

Malika Dianaga Londonda haykal o‘rnatiladi

Malika Dianaga Londonda haykal o‘rnatiladi

Yigirmanchi asrning taniqli ayollaridan biri, Buyuk Britaniya taxtining merosxo‘r shahzodalari - Uilyam va Garrining onasi Malika Dianaga Londonda haykal o‘rnatiladi. Ushbu yodgorlik uning vafotiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan bunyod etiladi. Bu haqda shahzodalar qo‘shma bayonot berishdi, deb xabar bermoqda "Vodiymedia".
"Onamizning vafot etganiga 20 yil to‘ldi. Haykal bunyod etish orqali uning Birlashgan Qirollik va butun dunyoga ko‘rsatgan ijobiy ta’sirini tan olishning ayni vaqtidir. Biz yodgorlik majmuasini Kensington saroyida barpo etamiz. Tashrif buyuruvchilar uning hayoti va merosidan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, - deyiladi qo‘shma bayonotda
Uilyam va Garri mablag‘ yig‘ish uchun maxsus komissiyani ta’sis etdilar. Haykaltarosh nomi keyinroq oshkor qilinadi.

Diana Frensis Spenser 1961 yilda tavallud topgan. 20 yoshida u Britaniya taxti merosxo‘ri shahzoda Charlzga turmushga chiqadi. Lekin nikoh muvaffaqiyatsiz bo‘ladi. 1996 yilda juftlik rasman ajrashishadi. Diana qirollik oilasi a’zoligidan mahrum etilsada, Malika maqomini saqlab qoladi. Chunki u taxtning ikkinchi va uchinchi o‘rindagi vorislarining onasi hisoblanadi.
1997 yil 31 avgustga o‘tar kechasi Dina avtohalokat natijasida hayotdan bevaqt ko‘z yumadi. O‘shandan beri u haqda ko‘plab kitoblar yozildi, o‘nlab kinolar suratga olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malika Dianaga Londonda haykal o‘rnatiladi