09:42 / 01.02.2017
6 776

Obamaning jamoasi Trampga qarshi chiqmoqda

Obamaning jamoasi Trampga qarshi chiqmoqda

AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning Oq uydagi maslahatchilari Tramp tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qarorlarga qarshi kurashga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar qilmoqda.

Nashrda yozilishicha, Obama yaqin muddat ichida o‘z maslahatchilari bilan Donald Trampning qarshisiga chiqishi ehtimoli ham yo‘q emas.

Avvalroq, Obama Trampning Yaqin Sharq, Afrika kabi musulmonlar istiqomat qiladigan mamlakatlardan qochoqlarning AQSh hududiga kiritilishiga qo‘ygan taqiqiga qarshi chiqqandi.

“Aslida Obamani insonlarning huquqlari ularning qaysi din vakili ekaniga qarab buzilayotgani Trampga qarshi chiqishga majbur qildi”, deydi sobiq prezidentning matbuot kotibi Kevin Lyuis.

Ta’kidlash joizki, bu Obama va uning guruhining Tramp prezidentlik faoliyatini boshlaganidan keyingi birinchi rasmiy bayonotidir.

Bundan avval, sobiq prezidentlar yangi prezidentning harakatlarini tanqid qilishmagan va unga qarshi chiqa olishmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Obamaning jamoasi Trampga qarshi chiqmoqda