11:39 / 01.02.2017
7 006

Iroq bosh vaziri amerikaliklarning mamlakatga kirishini taqiqlashdan bosh tortdi

Iroq bosh vaziri amerikaliklarning mamlakatga kirishini taqiqlashdan bosh tortdi

Iroq bosh vaziri Haydar Al-Obodiy AQSh fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlovchi farmonni imzolamadi, deb yozadi «Daryo».

Al-Obodiy so‘zlariga ko‘ra, parlament tomonidan taklif etilgan, amerikaliklarning kirishi uchun taqiq faqat Iroqqa ziyon keltiradi, chunki mamlakat IShIDga qarshi AQSh ko‘magida kurashmoqda. U farmonni imzolashdan bosh tortganini, shuningdek, «Amerika xalqini bu tariqa haqorat qilishni» istamasligi bilan izohladi.

Nashr eslatishicha, avvalroq Eron tashqi ishlar vazirligi Amerika prezidenti Donald Trampning migrasiya siyosatiga javoban, AQSh fuqarolariga Eron vizalarini berish to‘xtatilganini e’lon qilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroq bosh vaziri amerikaliklarning mamlakatga kirishini taqiqlashdan bosh tortdi