19:41 / 01.02.2017
14 294

Tailandda itlar o‘z egasini ulkan ilondan qutqarishdi

Tailandda itlar o‘z egasini ulkan ilondan qutqarishdi

Itlar insonlarning do‘sti, deb bejizga aytishmagan. Sizga taqdim etmoqchi bo‘lgan videolavha bu iboraning haqiqat ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

Xorijning etakchi “Daily Mail” nashrida itlarning o‘z xo‘jayinlarini ulkan ilondan qutqarib qolgani aks etgan video tarqatildi. Voqea Tailandda yuz bergan.

Uzunligi qariyb 2,5 metrni tashkil etuvchi ulkan ilon Pxitsanulok provinsiyasidagi uylardan biriga kirish ilinjida bo‘lgan. Buni ko‘rgan uy egasi qo‘rqib ketgan va itlariga ilonga tashlanishni buyurgan. Itlar ham ilonga hamla qilishni boshlashgan. Natijada esa ilon uyning bog‘ini tark etgan, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qirol kobra deb yuritiluvchi bunday ilonlar bir hamla bilan insonni o‘ldirishi ham mumkin ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda itlar o‘z egasini ulkan ilondan qutqarishdi